Aqlli ofisning yangi formati

Savol berish yoki qo‘shimcha ma'lumot olish uchun
bizga - infouz@huawei.com yozing

Aqlli ofisning yangi formati


HUAWEI IdeaHub — bu yangi avlod videokonferensaloqasi uchun ajoyib yechim. IdeaHub yechimi qo‘lda yozilgan matnni intellektual tanish, yuqori aniq standartdagi videokonferensaloqa (HD), simsiz ma'lumot almashinuvi, shuningdek, AppGallery universal ofis ilovalarini o‘z ichiga oladi. RedDotAward 2020 mukofoti sovrindori bo‘lgan IdeaHub yechimi har qanday muhit uchun mos keladi. Konferens-zal va rahbar xonasini intellektual makonga aylantiring. O‘quv auditoriyalarini kelajak uchun tayyorlang.



Bashanglik soddalikda

  • Foydalanuvchilarning talablarini nazarda tutgan zamonaviy maqomga ega dizayn
  • Minimalizm maqomidagi nafis tayanch.
  • IdeaHub tizimi har qanday binoda ham monand ko‘rinadi.

Birgina harakat orqali simsiz ma'lumot almashinuvi

4K va H.265 texnologiyalar uyg‘unligi videotasvirlarning yuqori darajada aniq va ravon bo‘lishiga erishish imkonini beradi. Noutbuk yoki telefon orqali ma'lumotlar almashinuvi uchun ekranga birgina qo’l tegizmoq kifoya. Ekranda sahifalarni varaqlash va real vaqtda izohlarni kiritish imkoniyati hamkorlikda ishlashning moslashuvchanligini ta'minlab beradi.


Oson va oddiy — xuddi qog‘ozdagidek

35 ms dagi kechikishlarning o‘ta pastligi tufayli rasm chizish va qaydlar kiritish qulay va ma'qul. Matnni intellektual tanishning innovatsion usuli avtomatik tarzda so‘zlarni, raqamlar va chizmalarni identifikatsiya qiladi.




Ulanish uchun QR-kod kifoya

“Chipda ikki tizim” (dual-System-on-a-Chip) arxitekturasi o’zida mustaqil grafik hisoblar, sun'iy intellekt hamda audio va videokodeklarni mujassamlashtiradi. Yakuniy natija nimada? Majlislar o‘tkazishning oddiy operatsiyalari bilan uyg‘un sifatli konferensaloqa. Intellektual ovozli yordamchi bormi? Tekshirib ko‘ring! Konferensiyaga ulanish uchun smartfon yordamida QR-kodni skaner qilishning o‘zi yetarli.

Sof tiniq tovush

12 mikrofonga ega mikrofonlar panjarasida nurni shakllantirish texnologiyasidan foydalaniladi, bu o‘z navbatida, 8 m radiusdagi inson ovozi signallarini qabul qilish imkonini beradi. Nisbatan keng chastotali uzatmalar diapazoni har bir masofadagi ofisda Hi-Fi sifatida tovushning sof tiniqligini ta'minlaydi.

Diqqat markazida

Ovoz manbaini tezkor va aniq kuzatish orqali ma'ruzachi doimo diqqat markazida bo‘ladi. AutoFrame funksiyasi avtomatik tarzda kameraning kuzatuv burchagini konferens-zalning joylashuvi va ishtirokchilarning soniga muvofiq ravishda boshqarib turadi. Istalgan joyda va istalgan vaqtda eng maqbul panoramali tasvirdan zavqlaning.

Noyob g‘oyalarni bir lahzada uzatish

Birgina qo‘l tekkazish orqali ekrandagi ma'lumotlarni va markazdan ajoyib g‘oyalarni masofada joylashgan ofislarga uzating. Real vaqtda jamoa bo‘lib ishlash imkoniyatlaridan foydalaning!

Card image cap

Shaxsiy muloqot qulayligi

4K kontentga umumiy kirishni taqdim etadigan Full 1080p HD formatidagi vidoetasvirlarning yuqori darajada tiniqligi. Masofada joylashgan ofislarning darchalari o‘rtasida moslashuvchan avtomatik o‘tish. Har bir uchrashuvda qulay tabiiy muloqotdan huzurlaning.

Card image cap

Bog‘lanish


Manzil:

Toshkent sh., Afrosiyob ko’ch., 28/14

Telefonlar:

+998 78 1500762